1. “Hammasi qanday boshlandi”, Jessika Livingston.

Ushbu kitobda startaplar uchun yirik biznes inkubator “Y Combinator” asoschisi Jessika Livingston “Apple”, “PayPal”, “Yahoo”, “Adobe” va shu kabi boshqa yirik kompaniyalarning yaratilish tarixi haqida so‘zlab beradi.

Livingston o‘quvchilarni jahonga mashhur korporatsiyalar asoschilarining intervyularda o‘zini qanday tutganini ko‘rishga taklif qiladi.

Shuningdek, jamoani qanday birlashtirish va startap sifatida investorlarni qanday topish mumkinligi haqidagi savollarga atroflicha javob bergan.


2. “Amazon” kabi o‘yla. 50 va ½ biznes g‘oyalar", Jon Rossman.

Ushbu kitob biznesini boshlayotganlar uchun ularni qiynayotgan savollariga javob topadigan qo‘llanmadir.

Unda kompaniya sobiq top menejeri Jon Rossman mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, jamoani boshqarish, tez va samarali qarorlar qabul qilish haqida yozgan.

Shuningdek, muallif “Amazon"ni boshqa kompaniyalardan ajratib turadigan eng muhim tamoyillar bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashgan.



3. “Biznes modellarini qurish. Strateg va innovatorning qo‘llanmasi”, Aleksandr Ostervalder, Iv Pignet.

Kitob biznes modeli uchun tayyor shablon va g‘oyani ishlab chiqishni qayerdan boshlash kerakligi haqida batafsil rejadir.

Ostervalder va Pignet g‘oyani tasavvur qilish va uni to‘qqizta qurilish blokidan iborat biznes modeliga aylantirishni taklif qiladilar.

Bularga mijozlar segmentlari, qiymat takliflari, tarqatish kanallari, mijozlar bilan munosabatlar, daromad oqimlari, asosiy resurslar, faoliyatlar hamda resurslar va xarajatlar tarkibi kiradi.

Kitobda har bir blok uchun batafsil qo‘llanma va muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar tajribalaridan misollar berilgan.


4. “Noldan biznes. G‘oyalarni tezda sinab ko‘rish va biznes modelini tanlash uchun Lean Startup usuli”, Erik Ris.

Ushbu kitobning mazmuni bo‘lgan “Lean Startup” konsepsiyasi hozirgacha qaysi g‘oya ishlayotganini va qaysi biri vaqtni behuda sarflashini aniqlashning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Kitob muallifi o‘zining startaplar va biznes haqidagi “Startup Lessons” blogi bilan tanilgan, u shuningdek, “IMVU” kompaniyasi va uzoq muddatli loyihalar uchun birjaga asos solgan.


5. “Bu oson bo‘lmaydi”, Ben Horowitz.

Shaxsiy biznesga ega bo‘lish yaxshi va deyarli barcha tadbirkorlar buni ta’kidlashadi. Lekin ulardan faqat bir nechtasi bu og‘ir ish ekanligini aytadi.

Ben Horowitz, o‘z kitobida startap ochishga qaror qilganlar duch keladigan qiyinchiliklar haqida gapirgan.

Kitobning afzalligi shundaki, muallif ushbu murakkab muammolarning yechimlarini ham ko‘rsatib o‘tgan.