Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari bir oyda o‘rtacha 1% ga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
2022-yilning avgust oyida shaharlararo avtobusda chiptalar narxi iyul oyiga nisbatan 1% ga qimmatladi.
Yil boshidan buyon esa o‘rtacha 6,2% ga oshgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,8% ga ko‘tarilgani kuzatilgan.
Avgust oyida O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarga parvozlar narxi ham oshgan.
Biroq havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari yil boshiga nisbatan o‘rtacha 7,9%ga arzonlashdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar o‘rtacha 10,3%ga arzonlashgani ta’kidlanmoqda.
Avvalroq “Spot” Farg‘onadan Samarqandga Tojikiston orqali avtobus qatnovini qo‘yish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandi.
“Farg‘ona-Samarqand” avtobus yo‘nalishining masofasi 618 km bo‘lib, uni bosib o‘tish uchun 12 soat, 50 daqiqa sarflanadi.