“Spot” avvalroq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Mobile-ID tizimi joriy etilishi haqida yozgandi.
Shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning ushbu yangi moduli sinov tartibida ishga tushirildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ma’lum qildi.
Endi ushbu modul yordamida fuqarolar telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviy xizmatlardan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.
Buning uchun smartfonga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.
MyGov ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish bepul. Ilovani Google Play va App Store'dan yuklab olish mumkin.
Avvalroq “Spot” Hemis axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.
Unda diplom ma’lumotlari, reyting daftarchasi kabi oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan ma’lumotlarni yuklab olish mumkin.