Toshkent shahar hokimligi Ichki ishlar vazirligi tasarruffidagi 5 ta maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorser korxonalar tanlovini e’lon qildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2 tasi Yunusobod tumanida, 3 tasi esa Chilonzor, Yakkasaroy va Shayhontohur tumanida joylashgan.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan korxonalar yetarli aylanma mablagʻga ega boʻlishi, moliyaviy barqarorlik va soliq qarzlari yoʻqligi haqida dalillarni taqdim qilishi kerak.
Shu bilan birga, ular statsionar va dala sharoitida xizmatlar koʻrsatish uchun zarur jihozlar va logistika bazasiga ega boʻlishi kerak.
Bundan tashqari, tajribali xodimlar, shu jumladan sertifikatlangan oshpazlarning mavjudligi majburiy boʻladi.
Arizalar 12-sentabr 16:00 gacha Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy koʻchasi 1-uyda qabul qilinadi.
Tanlov shartlari haqida batafsil havola orqali tanishish mumkin.