“Oʻzbektelekom” kompaniyasi Mirobod tumani, Nukus koʻchasida joylashgan binoni auksion savdosiga qoʻydi. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,17 ga, toʻrt va besh qavatli binolarning egallab turgan o‘rni esa 7237 kv. m.ni tashkil etadi.
Bino texnik yerto‘lali, chordoq va mansardali hisoblanib, unda gaz, suv va elektr ta’minoti mavjud.
Uning boshlang‘ich narxi 111,8 mlrd, birinchi qadam (zakalat) bahosi esa 5,5 mlrd so‘m.
Lotda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 10-oktabr kuni soat 09:00ga qadar qabul qilinadi hamda shu kuni soat 10:00da savdo boshlanadi.