12-sentabr kuni “Ask VC” “IT Park” koʻmagida “Venchur tahlilchisi” onlayn kursini ishga tushiradi.

Darslarni “I2BF Global Ventures” investitsion direktori Denis Kalishkin olib boradi.

Dastur 4 hafta davom etib, unda ishtirok etish bepul boʻladi.

Kurs startaplar, venchur investorlar, boʻlajak investorlar uchun moʻljallangan.

Shuningdek, biznes-farishtalar, akseleratorlar va korporatsiyalarning innovatsion boʻlimlari xodimlari ishtirok etishi mumkin.

Dastur ishtirokchilari quyidagilar haqida bilib olishadi:

  • venchur fondi va u qanday ishlaydi;
  • startap uchun bozor va raqobat tahlili;
  • kelishuvning asosiy shartlari (term sheet);
  • kapitallashuv jadvali (cap table);
  • investitsiya memorandumi;
  • startap xatolarini tahlil qilish mezonlari va venchur investorning kognitiv buzilishlari;
  • Due Diligence jarayoni;
  • startapning moliyaviy metrikalarini tahlil qilish va moliyaviy modelni yaratish;
  • venchur fondi portfelini boshqarish, risklarni muvozanatlash, fondning hayot sikli.

Bundan tashqari, kurs davomida ishtirokchilar mentor bilan Lotin Amerikasi venchur bozori va Twitch investitsiya memorandumini tahlil qilishadi.

Kursga 12-sentabrgacha havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Toshkentda QA muhandisligi bo‘yicha bepul kurslarga qabul boshlangani haqida yozgandi.