Aholi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan texnikaga ham iste’mol krediti olishi mumkin. Tegishli hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi.
Unga ko‘ra, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi qonunning 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasini e’lon qildi.
Gap nima haqida
Bugungi kunda tijorat banklari kreditni faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar (mebel, maishiy texnika kabilar) va xizmatlar uchun taqdim etadi.
O‘zgartirish kiritilgandan so‘ng, iste’mol krediti evaziga xarid qilinayotgan tovarlar va xizmatlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak degan cheklov olib tashlanadi.
Qonun loyihasi muhokamasi 25-sentabrga qadar davom etadi.