Malayziyada O‘zbekiston milliy mahsulotlar “show-room"i o‘z ishini boshladi, xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

O‘zbekistondan Malayziyaga milliy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda yangi hamkorlarni topish, mahsulotni reklama qilish imkoniyatlari yaratib beriladi.

Shou-rumga o‘z mahsulotlarini joylash va eksport qilishni istagan mahalliy tadbirkorlar uchun imkoniyat yaratildi.

Tadbirkorlar o‘z takliflarini havola orqali ro‘yxatdan o‘tish orqali qoldirishlari mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasiga +998(78) 150−60−06 (ichki raqam 2021) raqamiga murojaat qilish mumkin.

Avvalroq sentabrda Alibaba.com platformasida O‘zbekiston pavilyoni ishga tushishi haqida xabar berilgandi.

Ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan mahsulotlar 190 dan ortiq mamlakatlarda namoyish etilishi kutilmoqda.

Marketpleysni tashkil etish bo‘yicha 2021-yilda Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan kelishib olingan.

“Alibaba.com” o‘zbekistonlik tadbirkorlarni platformadan foydalanish va ularning ishini optimallashtirishda qo‘llab-quvvatlaydi.