Toshkentda elektromobillarni quyosh energiyasida zaryadlovchi qurilma ishga tushirildi, xabar berdi Energetika vazirligining matbuot xizmati.

Loyiha Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.

Quyosh fotoelektr tizimi mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydi hamda elektromobillarni tez zaryadlash imkonini oshiradi.

Har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobilni zaryadlash mumkin bo‘ladi.

Natijada 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Avvalroq institut tomonidan kichik mobil quyosh fotoelektr stansiyasi yaratilgandi.

Qurilma aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari hamda olis tog‘li hududlarda elektr energiyasidan uzluksiz foydalanishni ta’minlaydi.

U kunduz kuni quyosh orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda elektr energiyasini o‘zida saqlaydi.

Shuningdek, Quyosh botgan paytda yoqilg‘i orqali (benzin, dizel) ham elektr energiyasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.


Avvalroq Navoiyda o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyasi kuniga 1 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi haqida xabar berilgandi.