“Yandex” va “VKontakte” 23-avgust kuni aktivlarni o‘zaro sotish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Rossiya Federal monopoliyaga qarshi xizmati 30-avgust kuni bu kelishuvni ma’qulladi.

12-sentabr kuni “Yandex” kompaniyasi “Dzen” xizmati va “Новости” yangiliklar agregatorini “VKontakte"ga sotish bo‘yicha kelishuv yakunlanganini e’lon qildi.

O‘z navbatida kompaniya “VKontakte"dan “Delivery Club” xizmatini sotib oldi.

Endi “Delivery Club” “Яндекс.Еда” xizmati bilan yagona texnologik platformaga o‘tadi.

“Dzen” va “Новости” sotuvi bilan bog‘liq barcha o‘zgarishlar bugundan boshlab asta-sekin foydalanuvchilarga ko‘rinadi", — deyiladi kompaniya xabarida.

“VK” matbuot xizmati ham bitim yakunlangani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan holda yangilik xizmatlari o‘z jamoalari va yetakchiligini saqlab qolishiga va’da bergan.

Bundan tashqari, “Dzen” kontent yaratuvchilar uchun monetizatsiya vositalarini saqlab qolish niyatida deyilgan xabarda.

Sotuvlar yakunlangan keyin “Yandex"da yangiliklar qidirish qanday o‘zgardi

Avvalroq “Yandex.News” sifatida tanilgan platforma endilikda “dzen.ruyangi manzilida joylashgan bo‘ladi.

“Yandex"ning O‘zbekistondagi bosh sahifasi — yandex.uz allaqachon dizaynini minimalistik tarzda o‘zgartirgan.

Hozirda sahifaga kirilganda faqatgina “Поиск” (izlash) bo‘limi chiqadi.