Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish uchun kredit ajratadi. Bu haqda “Zawya” xabar berdi.

Unga ko‘ra, bank Surxondaryoda yangi kombinatsion issiqlik elektr stansiyasini qurishga $100,87 mln ajratishni ma’qullagan.

Loyihani amalga oshirish orqali eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini yanada samaraliroq bloklarga almashtirish kutilmoqda.

Shuningdek, ITB O‘zbekistonga transport loyihalarini moliyalashtirish uchun $106,7 mln miqdorida kredit bermoqchi.

Bundan maqsad esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozorlarga kirish imkoniyatini yaxshilash hamda turizm imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

Ajratiladigan mablag‘lar to‘qqizta a’zo davlatdagi rivojlanish loyihalari uchun $1,12 mlrd.ning bir qismini tashkil etadi.

Joriy yilning avgust oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida ITB prezidenti Muhammad Al-Jassirnini qabul qilgandi.

Muzokaralar chog‘ida yil yakunigacha bank tomonidan $1,6 mlrd.lik loyiha va dasturlarni moliyalashtirish belgilangan.


Avvalroq BAA kompaniyasi Navoiyda shamol elektr stansiyasini qurishi haqida xabar berilgandi.