Joriy yilning birinchi yarmida davlat budjetining daromadlari 92,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,8 trln so‘m — 23,7%ga ko‘p.

Bu davrda budjet daromadining YaIMga nisbati 24,5%ni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1% punktga oshdi.

YaIMga nisbatan ulushning oshishi asosan bilvosita soliqlardan daromadlar va soliq bo‘lmagan tushumlarning o‘sishi bilan izohlanadi.

Shuningdek, 2022-yil yanvar-iyun oylarida 3 943 ta tadbirkorlarga QQS qoplab berildi.

Umumiy summadan 5,9 trln so‘mi ya’ni 71%i 100 ta tadbirkorga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq O‘zbekistondagi YaIMning o‘sish sur’ati prognoz qilingandi.

Natijalar 2022-yil uchun YaIMning real o‘sish sur’atini 5,77% darajada ko‘rsatdi.