Joriy yilning 8−12-sentabr kunlari Rossiyaning Saransk shahrida o‘tkazilgan “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida “IT Park” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
Unda turli mamlakatlardan jami 18 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqada O‘zbekiston jamoasi “Mobil robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha qatnashdi.
Shuningdek, “IT Park” jamoasi joriy yil 12−13-oktabr kunlari Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkaziladigan “WorldSkills International” jahon chempionatida ishtirok etadi.
“WorldSkills” — har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan turli ko‘nikmalar bo‘yicha musobaqa.
O‘zbekiston “WorldSkills” xalqaro assotsiatsiyasiga 2020-yilda a’zo bo‘lgan.
Avvalroq “IT Park” kompyuter savodxonligi bo‘yicha dasturga murabbiylar izlayotgani haqida xabar bergandik.
Nomzodlar grafik dizayn sohasida bilimga ega bo‘lishi kerak.