“IT Park” “Growy Me” loyihasining bosh direktori Nadejda Ni bilan suhbatni taqdim etdi.


Growy Me” startapini yaratish g‘oyasi 2019-yilda kelgan.

Hozirda jamoa 9 kishidan iborat bo‘lib, Timur Azamatov — texnik direktor, Artur Pak-Vartanyan — CMO, Vyacheslav Kan — PM va Nadejda Ni — bosh direktor (CEO).

“Odamlarga bo‘lgan mehrimiz „Growy Me“ loyihasining boshlanishiga asos bo‘ldi”, — deydi Nadejda Ni.

Growy Me” — bu shaxs sifatida o‘sishni va boshqalarni rivojlantirishni yaxshi ko‘radiganlarga mo‘ljallangan platforma.

Unda foydalanuvchilar interaktiv onlayn xizmatlarni, hamfikrlar hamjamiyatini va o‘quv materiallarini topishlari mumkin.

Bu esa ularga ishni orqaga surishni yengishga va o‘zlari uchun muhim maqsadlarga erishishga yordam beradi.

Bu qanday ishlaydi

“Ular ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli, faolroq bo‘lishadi, irodasi mustahkamlanadi. Ongli ravishda inson o‘zi va atrofidagi muammolarga befarq bo‘lishni to‘xtatadi”, — deydi loyiha haqida Nadejda.

Bunda foydalanuvchiga yangi harakatlar qilishga undaydigan rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratiladi.

Bu jarayonda u o‘z tafakkurini o‘zgartirish orqali yangi kerakli natijani oladi. Buning uchun IT vositalaridan va jamiyat ta’siridan foydalaniladi.

“Growy Me odatlarni kuzatish trekeri” Telegram-bot orqali foydalanuvchi o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va unga erishish uchun kundalik vazifalarni bajarishi kerak.

Agar 1 ta vazifa bajarilmasa ham, jarima to‘lab, oldingi natijalari nol holatga keladi.

Tez orada mobil ilova ham yaratilishini ta’kidlagan startapchi.

Agar foydalanuvchi oxiriga yetsa, u sertifikat oladi va hisobdan yechilgan jarimalar uning ichki hisobiga qaytariladi.

IT va 70% konversiya darajasiga ega maxsus shartlar kombinatsiyasi tufayli foydalanuvchilar o‘z maqsadlariga erishmoqda.


Startapni rivojlantirish

Nadejdaning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli loyihani boshlash uchun quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:

  • odamlarga haqiqatan ham foyda keltiradigan yuqori talabga ega mahsulotni topish va yaratish;
  • hamfikrlar jamoasini to‘plash;
  • xalqaro kompaniyaning asosini to‘g‘ri loyihalash va yaratish.

“Bizning xalqaro loyihamiz Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan. Aynan shuni kutgandik, ya’ni birdaniga dunyoga chiqishni rejalashtirgandik. O‘zbekistonda startap-industriya boshlang‘ich bosqichda, ilk VClar, kovorking maydonlari shakllantirilmoqda va bularning barchasi ko‘p jihatdan „IT Park“ tufayli amalga oshirilmoqda”, — deydi u.

Nadejda samarali startap ekotizimini shakllantirishdagi muhim qadam qonunchilikni o‘zgartirish yoki Qozog‘istonda bo‘lgani kabi ingliz qonunchiligi amal qiladigan alohida hududlarni shakllantirish kerak deb hisoblaydi va O‘zbekistonda ham shunday bo‘lishidan umid qilmoqda.

Jamoa startap uchun mablag‘ olmagan. Biroq hozirda “Uzcard VC” bilan muzokaralar olib borilmoqda. Dastlabki kelishuv imzolangan.

“Biz jadal rivojlanmoqdamiz. 2 yil davomida biz 4 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqdik. Hozirda dunyoning 18 mamlakatidan mijozlarimiz va hamkorlarimiz bor va bir necha ming kishi mahsulotimizdan foydalangan. Bu yaxshi ko‘rsatkich va biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz”.

Sohaga endi kirib kelayotgan startapchilar uchun Nadejda qiyinchiliklar tufayli to‘xtab qolmaslikni maslahat beradi.

“Maslahatim — MVPni imkon qadar arzon va tezroq ishga tushirish. Oddiyroq bo‘ling, dastlabki bosqichda mukammallikka intilmang”.

Xato qilishdan qo‘rqmaslikka, xatosiz rivojlanihs bo’lmasligini ta’kidlaydi u. Va, albatta, hayot va biznesda o‘xshash qadriyatlar va qarashlarga ega bo‘lgan hamfikrlarni tanlash kerak.


Avvalroq “IT Park” jizzaxlik 22 yoshli IT mutaxassis Asadbek hikoyasini taqdim etgandi.