Adobe” kompaniyasi “Figma” interfeyslar yaratish xizmatini $20 mlrd.ga sotib oladi, xabar berdi “Bloomberg”.

Bloomberg xabariga ko‘ra, bu xususiy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyaning eng yirik xaridi bo‘ladi.

“Adobe” bitim summasining 50% qismini naqd pulda, qolgan 50%ini esa aksiyalar shaklida to‘laydi va kelishuv 2023-yilda yakunlanishi kutilmoqda.

“Figma” asoschilaridan biri Daylan Fiyeldning aytishicha, “Adobe” hozirda onlayn bo‘lgan xizmatni oflayn rejimda saqlamoqchi va uning o‘zi kompaniya rahbari bo‘lib qoladi.

“Biz avvalgidek rejimda ishlashni davom ettiramiz”, dedi u.

“Figma” foydalanuvchilarga real vaqtda interfeyslarni loyihalash imkonini beradi.

So‘nggi ikki yil ichida u o‘zining mijozlar bazasini “Airbnb” va “Google” kabi yirik kompaniyalar dasturchilari va frilanserlar bilan kengaytirdi.

"Figma" kompaniyasiga 2012-yilda Daylan Fiyeld va Evan Uolles tomonidan asos solingan .