Joriy yilning sakkiz oyi mobaynida O‘zbekistonga xorijdan $46,4 mln.lik 1 499 dona elektromobillar import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 003 taga ko‘paygan.

Xususan, elektromobillar importida yetakchilikni Xitoy egalladi. Bu davrda mamlakatdan 1,3 ming dona elektromobillar import qilingan.

Undan keyingi o‘rinda Birlashgan Arab Amirliklari 110 dona elektromobili bilan turibdi.

Shuningdek, Germaniyadan 34 ta, Gonkongdan 30 ta hamda qolgan davlatlardan 19 ta elektromobillar import qilingan.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Motorinvest” kompaniyasi elektromobil yig‘ishni boshlagani haqida xabar bergandi.

Birinchi sotuvlar Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Krasnodar va Sochida boshlanadi. Umumiy hisobda 242 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.