Rossiya banki Direktorlar kengashi asosiy stavkani 8%dan 7,5%ga (50 bazaviy punktga) kamaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Ko‘rsatkichning pasayishiga regulyator tushuntirganidek, inflyatsiyaning davom etayotgan pasayishi va ichki talabning jonlanishi sabab bo‘ldi.
“Bu bir martalik omillar majmuining ta’siri va cheklangan iste’mol talabi bilan bog‘liq. Ishbilarmonlik faolligi dinamikasi Rossiya Banki iyul oyida kutganidan yaxshiroq rivojlanmoqda “, — deyiladi regulyator veb-saytidagi xabarda.
Rossiya bankining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil oxiriga kelib yillik inflyatsiya 11−13% gacha, 2023-yilda 5−7% gacha, 2024-yilda esa u 4% ga pasayadi.
28-fevralda Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan va G‘arbning iqtisodiy sanksiyalari joriy etilganidan so‘ng, Rossiya banki asosiy stavkani 9,5%dan 20%ga ko‘targandi.
Markaziy bank 8-apreldan ko‘rsatkichni bosqichma-bosqich pasaytirishni boshladi — 20%dan 17%ga, 29-aprelda 14%ga, 26-mayda 1%1ga, 10 iyunda — 9,5% gacha, 22-iyulda esa asosiy stavka 8% gacha tushirildi.
Rossiya Banki Direktorlar kengashining asosiy stavka darajasini ko‘rib chiqadigan navbatdagi yig’ilishi 28-oktabrga rejalashtirilgan.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavka yillik 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida yozgandi.