AQSh Moliya vazirligi Ukrainada davom etayotgan harbiy harakatlar bilan bogʻliq yangi sanksiyalarni e’lon qildi.
Vazirlik tomonidan Rossiya hukumatiga ilgari kiritilgan cheklovlarni chetlab oʻtib, toʻlovlarni amalga oshirishda yordam beradigan shaxslarga nisbatan yangi choralar joriy etilmoqda.
Unga koʻra, “SDN” maxsus tayinlangan fuqarolar roʻyxatiga “Mir” toʻlov tiziminining rahbari Vladimir Komlyov kiritildi.
“Komlyov “Mir"ni boshqa mamlakatlarda targʻib qilib, Rossiyaga xalqaro sanksiyalarni chetlab oʻtishga imkon berdi. Iste’molchilar, yetkazib beruvchilar va banklar oʻrtasidagi kartalar boʻyicha operatsiyalar “Mir” orqali, shu jumladan ilgari cheklovlar ostida boʻlganlar orqali amalga oshiriladi. Xatarning sababi shu”, deyiladi hisobotda.
Moliya vazirligi AQSHdan tashqaridagi moliyaviy institutlarni cheklovlarni chetlab o‘tish uchun “Mir"dan foydalanish ehtimoli haqida ogohlantirdi.
Sanksiyalangan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga ikkinchi darajali jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
“OFAC (xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi) Rossiyaning sanksiyalarni chetlab o‘tishini, jumladan, „Mir“ tizimidan mamlakatdan tashqarida foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi o‘z vakolatlaridan foydalanishga tayyor”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, sanksiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Viktor Jidkov — Milliy hisob-kitob depozitariysi raisi;
- Eddi Astanin — Moskva birjasi Milliy kliring markazi rahbari;
- Andrey Melnikov — Rossiya omonatlarni sug’urtalash agentligi direktori.
Sanksiyalar joriy etilishiga qaramasdan Rossiya Markaziy banki “Mir” toʻlov tizimi geografiyasini 35 ta davlatga kengaytirmoqchi, xabar berdi “Vedomosti”.
Maʼlumotlarga koʻra, “Mir” kartalari 11 ta davlatda: Turkiya, Vetnam, Janubiy Koreya, Armaniston, Oʻzbekiston, Belarus, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Janubiy Osetiya va Abxaziyada qabul qilinadi.