E’tibor qarating: Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Kredit shartlari oʻzgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi. Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan olingan.


O‘zbekistonda iste’mol kreditlarini mavjud 33 ta bankning 17 tasidan olish mumkin.

Kredit foiz stavkalari 23,5% dan 37,99%gacha bo‘lib, 1 yildan 4 yilgacha beriladi.

150 mlngacha boʻlgan maksimal kredit miqdori “Asia Alliance Bank”, “Ziraat Bank Uzbekistan” va “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan taklif etiladi.

Iste’mol krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish;
  • davolanish, o‘qish yoki sayohat qilish uchun to‘lov;
  • bazmlarni o‘tkazish (to‘y, yubileylar);
  • uy ta’mirlash (xizmat haqi, qurilish materiallarini xarid qilish) va boshqalar.

Kredit sharti shuki, sotib olingan mahsulot O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak. Biroq yaqinda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan iste’mol kreditlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Agar hujjat qabul qilinadigan bo‘lsa, aholi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan texnikaga ham iste’mol krediti olishi mumkin bo‘ladi.

Kerakli hujjatlar

  • kredit olish uchun ariza;
  • qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • kamida uch oylik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
  • tovar va xizmatlarni sotib olish yuzasidan shartnoma;
  • garov (kredit miqdoriga qarab, bu transport vositasi, koʻchmas mulk yoki uchinchi tomon kafolati boʻlishi mumkin).
Bank nomi
Kredit foizi
Maksimal kredit miqdori (so‘m)
Kredit muddati
“Aloqabank”
32%
Kredit oluvchining daromadini hisobga olgan holda
3 yilgacha
“Asia Alliance Bank”
26%
150 mlngacha
1 yilgacha
28%
3 yilgacha
“Garant bank”
27%60−90 mln1 yildan 2 yilgacha
“Hamkorbank”
27,99%
50 mlngacha
1 yil
33%2 yil
363 yil
“Infinbank”
37,99%
30 mln18 oy
“Ipak yuli bank”
26,9%
80 mlngacha
3 yilgacha
“Ipoteka bank”
24%
45 mlngacha
4 yilgacha
“MK Bank”
27%
80 mlngacha
4 yilgacha
“Milliy bank”
25%
60 mlngacha
1 yilgacha
26%
2 yilgacha
27%
3 yilgacha
“Orient Finans bank”
29%
50 mln
3 yilgacha
“Poytaxt bank”
27%
50 mln
2 yilgacha
“Sanoatqurilishbank”
25%
150 mlngacha1 yil
26%2 yil
27%3 yil
“Saderat Bank”
23−26%
50 mlngacha
3 yil
“Тrastbank”
25%
30 mln
1 yilgacha
27%
60 mln
2 yilgacha
“Тuronbank”
29%
90 mln
1 yildan 3 yilgacha
“Universalbank”
34%
50 mlngacha
3 yil
“Ziraat Bank Uzbekistan”
23,5%
150 mlngacha
1 yil
24,5%
2 yil
25,5%
3 yil

Avvalroq “Spot” ta’lim kreditlari qaysi banklarda berilishi, foiz stavkalari va kredit muddatlari haqida ma’lumot bergandi.