Toshkent AKTning rivojlanishi indeksi 9,28ni tashkil etdi.Bu haqda PMTIning O‘zbekiston hududlari bo‘yicha tuzgan reytingida qayd etildi.
Baholash reytingi ITU metodologiyasiga muvofiq tuzilgan bo‘lib, hisoblash uchun asos sifatida AKTning rivojlanish indeksi (IDI) tanlangan.
IDI 11 ta ko‘rsatkichni o‘zida jamlagan quyidagi 3 guruhga ajratilgan:
- AKTga ulanish imkoniyati;
- AKTdan foydalanish darajasi;
- AKTdan foydalanish uchun ko‘nikmalar.
O‘zbekiston bo‘yicha indeksning o‘rtacha qiymati 2015-yildagi 6,04 dan 2021-yilda 6,96 ga ko‘tarildi.
2021-yilda yuqori indeks ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etildi — 9,28.
Kuchli uchlikka Navoiy (7,41) va Buxoro (7,06) viloyatlari kirdi.
Indeksning eng katta o‘sishi Xorazm (1,20), Qashqadaryo (1,18), Namangan (1,15) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (1,12) qayd etildi.
Shuningdek, Toshkent shahridan tashqari O‘zbekistonning barcha hududlarida indeks mutlaq ko‘rsatkichining o‘sishi kuzatilgan.
Toshkent shahri indeksining pasayishi boshqa hududlarga nisbatan dastlabki davrdagi yuqori ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi.
Shunga qaramay, Toshkent shahri 2021-yilda ham reyting bo‘yicha sezilarli ustunlikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston uchun AKTning rivojlanish indeksi sohaning rivojlanishini hududlar bo‘yicha mamlakat ichida baholash va yagona ko‘rsatkich tufayli rivojlanish dinamikasini kuzatish imkonini berishi ta’kidlangan.
Hududlarda yaratilgan sharoitlar raqamli iqtisodiyotning inklyuzivligini ta’minlash uchun juda muhim
Unga ko‘ra, “Raqamli imkoniyatlar” nafaqat markazda, balki viloyatlarda ham mavjud bo‘lishini ta’minlash uchun ushbu imkoniyatlar ko‘lami va dinamikasini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega.
Avgust oyida AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.
Hujjat bilan masofaviy xizmatlar eksporti markazi, “Digital office” tizimini tashkil etish hamda davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimini yaratish kabilar belgilandi.