2022-yilning mart-avgust oylarida chet elga chiqqan Rossiya fuqarolarining mikrokreditlarga bo‘lgan talabi olti baravar oshdi, deya xabar berdi “TACC” “Moneyman” onlayn kreditlash xizmati ma’lumotiga tayanib.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, joriy yil mart-avgust oylarida ariza topshirish vaqtida chet elda bo‘lgan Rossiya fuqarolari tomonidan berilgan arizalar ulushi olti marta — 0,4%dan 2,5%gacha (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan) oshgan.
Qayd etilishicha, ulardan qabul qilingan arizalarning 18%i Armaniston, 16,5%i Turkiya va Qozog‘iston, 13%i O‘zbekiston, 8,5%i Qirg‘iziston, 7%i Tojikiston, 4,5%i Vetnam, 3,5%i Janubiy Koreya va Abxaziyadan kelgan. Qolgan davlatlardan umumiy hisobda 9% arizalar kelgan.
“Moneyman"ga ko‘ra, mablag‘larni kreditlash bo‘yicha barcha so‘rovlarning 87% dan ortig‘ida “Mir” kartasi ko‘rsatilgan, ular bo‘yicha operatsiyalar faqat yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda mavjud.
Kredit qarz oluvchilarga asosan (68% hollarda) shoshilinch ehtiyojlar yoki rejalashtirilmagan xarajatlarni qoplash uchun kerak bo‘lgan.
Ular tomonidan so‘ralgan o‘rtacha kredit miqdori mos ravishda 16 340 rubl ($271)ga nisbatan 30 083 rubl ($499)ni tashkil qiladi.
“Arizalarning ko‘p sonli o‘sishi past bazaviy effekt bilan bog‘liq — bunday arizalar ilgari ham kuzatilgan, ammo ular ko‘proq bitta xarakterga ega edi. Endi aytishimiz mumkinki, boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tayotgan ruslar asta-sekin qarz oluvchilarning yangi segmentini shakllantirmoqda”, — dedi “Moneyman” bosh direktori Sergey Vesovshuk.
12-sentabrdan O‘zbekistondagi br qancha banklar norezidentlar uchun hisob-raqam ochish jarayonini murakkablashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
2022-yilning ikkinchi choragida O‘zbekiston banklarida norezidentlar hisob-raqamlari 47 mingga o‘sib, umumiy 169 mingni tashkil etdi.
Ularning asosiy qismi Ukraina, Rossiya va Belarusdan vaqtinchalik ko‘chib kelgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan.