“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumida 9201ta mahalla (jamiga nisbatan 98%) fuqarolaridan 61 mingdan ortiq loyihalar taklif qilindi, deya ma’lum qildi Moliya vaziri “Tvitter"dagi sahifasida.
Jarayonda 7 mln.dan ortiq ovozlar berilib, shundan, 4,3 mln ovoz to‘plagan 1418 loyiha g‘olib bo‘lgan.
G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun budjetdan 1,07 trln so‘m ajratiladi.
Ishmetovning qo‘shimcha qilishicha, uch mavsum davomida bildirilgan 100 mingdan ortiq takliflar aholining eng dolzarb muammolarini o‘rganishga yordam beradigan “ochiq ma’lumotlar bazasi"ni shakllantirmoqda.
Tashabbusli budjet jarayoni uchun ajratilgan mablag‘lar:
Toshkent viloyati | 99,8 mlrd so‘m |
Toshkent shahri | 83,5 mlrd so‘m |
Sirdaryo viloyati | 28,8 mlrd so‘m |
Surxondaryo viloyati | 78,2 mlrd so‘m |
Samarqand viloyati | 113,8 mlrd so‘m |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 64 mlrd so‘m |
Navoiy viloyati | 43,6 mlrd so‘m |
Namangan viloyati | 84 mlrd so‘m |
Xorazm viloyati | 69,6 mlrd so‘m |
Qashqadaryo viloyati | 100,6 mlrd so‘m |
Jizzax viloyati | 49 mlrd so‘m |
Farg‘ona viloyati | 116,1 mlrd so‘m |
Buxoro viloyati | 57,8 mlrd so‘m |
Andijon viloyati | 88,8 mlrd so‘m |