SpaceX” kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i endi yerning barcha qit’alarida mavjud, deb yozdi kompaniya asoschisi Ilon Mask o‘z tvitterida.

Kecha “SpaceX” orbitaga 54 ta “Starlink” sun’iy yo‘ldoshidan iborat navbatdagi partiyani olib chiqdi.

Bu yil boshidan beri qurilmalarning oltinchi maratoba uchirilishi. Kosmosga yetkazilgan qurilmalarning umumiy soni esa 3000 dan oshadi.

“Starlink” veb-saytidagi xaritaga ko‘ra, taqmoq hozir Shimoliy Amerika, Evropa, Avstraliya, Braziliya va boshqa bir qancha mamlakatlarda mavjud.

Boshqa davlatlarda tarmoqni ishga tushirish sanasi yo keyingi yilga belgilangan yoki hali aniqlanmagan. Shu jumladan Antarktidada ham.

Shu o‘rinda xaritada tarmoq O‘zbekistonda ham 2023-yilda ishga tushirilishi ko‘rsatilgan.

Rossiya harbiy amaliyoti boshlanishi bilan Ukraina hukumati “Starlink” internetga kirish uskunalarini, jumladan harbiy va fuqarolik ma’muriyatlarini ham oldi.

Starlink — “SpaceXkompaniyasining sun’iy yo‘ldoshlar tizimini yaratish loyihasi bo‘lib, uning maqsadi yuqori tezlikdagi internetga global kirishni ta’minlashdir.


Avvalroq “Spot” “Oʻzbekkosmos” Starlinkʼning raqobatchisi bilan memorandum imzolagani haqida yozgandi.