Hukumat qarori bilan shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan 297 ta olis va chekka hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Shunigdek, olis va chekka hududlarda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadi.
Olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi doirasida oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 mln so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi.
Hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50%igacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so‘mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Shu bilan birga, olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Avvalroq, Qoraqalpogʻistonning ayrim tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga 100% miqdorida har oylik ustama toʻlanishi haqida xabar qilingandi.
Belgilnagan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega boʻlgan boʻlishi lozim.