“Ozarbayjon havo yoʻllari” (AZAL) Oʻzbekistonga parvozlar sonini oshirmoqda, xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, oktabr oyi boshidan aviakompaniya Boku-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Bu yoʻnalishdagi parvozlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya yaqin vaqt ichida rasmiy sayti orqali chiptalar savdosi yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qildi.

“AZAL"ning shu va boshqa reyslari uchun aviachiptalarni akkreditatsiyadan o‘tgan aviatashuvchilar agentliklarida ham xarid qilish mumkin.

Bundan tashqari, Boku-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar sonini haftasiga 5 martagacha oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilayotgan parvozlarga, tez orada payshanba va yakshanba kunlari ham aviqatnovlar qoʻshiladi.


“Spot” avvalroq “FlyDubai” kompaniyasi Samarqand va Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida yozgandi.

Aviqatnovlar Samarqandga 20-sentabrdan seshanba va juma kunlari, Namanganga esa 24-sentabrdan chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.