Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi. Bu haqda AKT vazirligi xabar qilmoqda.

Markaz OTMda dasturlashni o‘rganish, startap loyihalar ustida ishlash, dasturiy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda “IT Park” rezidentlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

O‘tgan yili “IT Park” yangi inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini yo‘lga qo‘ygandi.

Natijada Nukus va Urganch shaharlarida Inkubatsiya va akseleratsiya markazlari tashkil etildi.


Avvalroq “IT Park” akseleratsiya dasturlarida ishtirok etgan “Avlo.shop” loyihasi Qozog‘istonda o‘tkaziladigan “Silkway Accelerator"ning ikkinchi oqimida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.