Markaziy bank joriy yilning 1-sentabr holatiga tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida statistikani e’lon qildi.
Unga ko‘ra, avgust oyida banklarning jami kredit portfeli 355 trln so‘mga yetgan.
Muammoli kreditlar hajmi 17,4 trln so‘mni ya’ni 4,9%ni tashkil etadi. Iyul oyida ularning ko‘rsatkichi 16,9 trln so‘m edi.
Shundan 15 trln so‘mi davlat ulushi mavjud banklarga, qolgan 2,4 trln so‘mi xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Banklarning jami kreditlar ulushi hisobida eng muammoli kreditlar “O‘zagroeksportbank"da kuzatildi.
Mazkur bankning kredit portfeli jami 16 mlrd so‘mni tashkil etib, muammoli kredit ulushi 15 mlrd so‘m — 94,9%ga yetgan.
Iyul oyida mazkur bankning muammoli kreditlari 93,6%ni tashkil etgandi.
Xususiy banklardan “Turkiston bank” hamda “Hi-Tech bank"ning muammoli kredit ulushi 94,8% va 93,2%ni tashkil etdi.
Shuningdek, “Ravnaq bank"ning ham muammoli kreditlar hajmi 58,5%ga yetgan.
Avvalroq joriy yilda aholi va tadbirkorlarga 6 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgani xabar qilingandi.