“Forbes” nashri O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini e’lon qildi.
Unda nashr joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra banklarni reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha saralagan.
Reytingda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki yuqori pog‘onani egalladi.
Mamlakatda 33 ta bank faoliyat yuritadi, shundan 12 tasi davlat ulushi mavjud banklar hisoblanadi.
1-avgust holatiga ko‘ra, aktivlarning 80%i va depozitlarning 67%i davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Banklar nomi | Reytingi | Aktivlari hajmi | |
1 | O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki | Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1 | 93,1 mlrd so‘m |
2 | Ipoteka-bank | Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1 | 37,5 mlrd so‘m |
3 | Sanoat qurilish banki | Fitch — BB-, S&P — BB- | 55,8 mlrd so‘m |
4 | Xalq banki | Fitch — BB-, S&P — BB- | 26,6 mlrd so‘m |
5 | Asakabank | Fitch — BB-, Moody’s — B1 | 51,9 mlrd so‘m |
6 | Agrobank | Fitch — BB-, Moody’s — B1 | 40,8 mlrd so‘m |
7 | Qishloq qurilish bank | Fitch — BB- | 21,2 mlrd so‘m |
8 | Mikrokreditbank | Fitch — BB- | 13,5 mlrd so‘m |
9 | Hamkorbank | Moody’s — B2, S&P — B+ | 13,2 mlrd so‘m |
10 | Kapitalbank | Moody’s — B2, S&P — B+ | 16,1 mlrd so‘m |
Reytingga ega bo‘lmagan banklar o‘z aktivlari hajmiga qarab tartiblandi. Qolgan banklarning reytingda yo’qligi ularning ishonchsiz ekanligini anglatmaydi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda ayrim banklar norezidentlar uchun hisob-raqam ochish jarayonini murakkablashtirayotgani haqida yozgandi.