O‘tgan hafta AQSh “Mir” toʻlov tizimi rahbari Vladimir Komlyovga qarshi sanksiyalar e’lon qilgandi.

Shuningdek, AQSh hukumati “Mir” to‘lov tizimi bilan hamkorlik qilayotgan banklarga ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanilishi haqida ogohlantirgan edi.

Hozirda ikkilamchi sanksiyalar xavfi tufayli Qozog’iston, Turkiya, Vetnam hamda Armanistonning yirik banklari Rossiyaning “Mir” kartasini qabul qilishni to‘xtatgan.

16-sentabr kuni Turkiyaning “Is bankasi” “Mir” kartalari xizmatini to‘xtatish to‘g‘risida xabar berdi.

Mamlakatning yana bir banki “DenizBank” ham kartalar bankomatlar tomonidan qabul qilinmasligini maʼlum qildi.

Armaniston ham Rossiyaning mazkur toʻlov tizimi kartalariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatdi.

Mamlakat Markaziy bankining ma’lum qilishicha, tijorat banklari Rossiya kartalari bilan ishlash bo’yicha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishini ma’lum qildi.

Vetnamning “BIDV” banki va Qozogʻistonning “Halyk Bank"i ham “Mir” kartalarini qabul qilmasliklari haqida xabar berdi.