Mart oyida “PepsiCo” korporatsiyasi Rossiyada “PepsiCola”, “7Up”, “Mirinda” va boshqa ichimliklar ishlab chiqarishni va sotishni toʻxtatib qoʻygandi.
Biroq sut mahsulotlari va bolalar ovqatlari kabi zaruriy mahsulotlarni sotishda davom ettirishini aytgandi.
Endi esa kompaniya Rossiyada mahsulotlarini ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatdi, deya xabar berdi “Reuters”.
Agentlik jurnalistlari iyul va avgust oylarida Moskva va undan tashqarida o‘nlab gipermarket, savdo do‘konlari va sport zallariga tashrif buyurishib, Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pepsi” ichimliklarini topishgandi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oxirgi sanasi 17-avgust edi.
“Reuters” kompaniyaga so‘rov yubordi va unga javoban kompaniya Rossiyada ishlab chiqarishni allaqachon to‘xtatganini ma’lum qilgan.
“Rossiyada gazlangan ichimliklar uchun konsentratlar zahiralari tugab qolgani sabab, ishlab chiqarish to‘xtatildi”, — dedi “PepsiCo” vakili.
“Spot” avvalroq “Heineken” kompaniyasi Coca-Cola va Pepsi raqobatchisini ishlab chiqarishi mumkinligi haqida xabar bergandi.