“Toshkent-Perm” yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshkent” avtovokzalining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobus qatnovi 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi sababli to‘xtatilgandi.

“Toshkent-Perm” reysi 20-sentabrdan ishga tushdi hamda haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari soat 17:25 da amalga oshiriladi.

Keltirilishicha chiptalar narxi 905 ming so‘mni tashkil etadi hamda ularni avtovokzaldan sotib olish mumkin.

Shuningdek, avtovokzal Rossiyaning boshqa hududlariga ham avtobus qatnovi amalga oshirmoqda.

Yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil bu yerda.


Avvalroq Farg‘onadan Samarqandga Tojikiston orqali avtobus qatnovi qo‘yilishi xabar qilingandi.