Navoiy viloyatida mukofot jamg‘armasi 1 mlrd so‘m bo‘lgan “Digital Navoi Hackathon-2022” tanloviga arizalar qabuli boshlandi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mahalliy (Navoiy viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi) yosh dasturchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov yo‘nalishlari:
- investitsiya;
- ijtimoiy soha;
- turizm;
- raqamli iqtisodiyot;
- innovatsiya.
Har bir yo‘nalish g‘olibi loyihani amalga oshirish uchun 200 mln so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi: elektron saralash, hakamlar hay’ati oldida taqdimot, Demo Day.
Arizalar 10-sentabrdan 20-oktabrgacha havola orqali qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.
Tanlov tashkilotchilari: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Navoiy viloyat hokimligi, “IT Park”.