Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan 5 ta asosiy vazifani belgilab bergandi.
Unda ta’lim, sud, biznes va tadbirkorlik, sog‘liqni saqlash hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash keltirilgandi.
Mazkur sohalardagi muammolarni hal etishda aholidan takliflarni qabul qilish boshlandi.
Ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflarni platforma orqali yoki Telegram-bot orqali jo‘natish mumkin.
Shuningdek, yuqoridagi asosiy 5 ta yo‘nalishdan tashqari boshqa barcha sohalar kesimida ham taklif, shikoyat va tashabbuslar qabul qilinadi.
Ularni Prezident Administratsiyasi qabul qiladi hamda yuborilgan takliflarning barchasi maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda frilanserlikni o‘rganishga mo‘ljallangan platforma ishga tushgandi.