“Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2023-yildan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.
2022-yil 1-noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.
Qaror bilan 2021-yilda berilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” tijorat banklari tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtiradi.
Buning uchun 3 yil muddatga 12% stavkada va foiz to‘lovlarini har 6 oyda to‘lash sharti bilan 300 mlrd so‘mgacha budjet ssudasi ajratiladi.
Uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.
Avvalroq “Spot” sakkiz oyda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari 9 trlndan oshgani haqida yozgandi.