“Tinkoff” mijozlariga 12-oktabrdan boshlab faqat Armaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjondan dollar va yevrodagi kiruvchi “SWIFT” o‘tkazmalarini qabul qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.

“Boshqa mamlakatlardan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hisobga olinmaydi”, — deyiladi xabarda.

Endilikda bankning rossiyalik mijozlariga pul o‘tkazmalarini faqat Armanistonning “Ardshinbank”, Ozarbayjon “Unibank"i va “Ozarbayjon xalqaro banki”, shuningdek, O‘zbekiston “Xalq banki” orqali jo‘natish mumkin.

Joriy yil may oyida bank “SWIFT” orqali xorijga yevroda pul o‘tkazmalarini to‘xtatgandi.

Iyun oyi boshida u valyuta hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov joriy etishini va rubldan boshqa jamg‘arma hisob raqamlarini ochmasligini ma’lum qildi.

16-iyun kuni bank “SWIFT” pul o‘tkazmalarining minimal miqdorini $20 minggacha oshirdi, 6-iyulda esa jismoniy shaxslar uchun chiquvchi operatsiyalarni 1-oktabrgacha to‘xtatdi.

SWIFT”(Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) — ma’lumotlarni uzatish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun xalqaro banklararo tizim.


Avvalroq “Spot” “Tinkoff Business” O‘zbekistonga valyuta o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygani haqida yozgandi.