AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonga “Yoshlarni ish bilan ta’minlash ko‘nikmalari” (YES) dasturi uchun $10 mln ajratdi, deya xabar berdi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Dastur Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda boshlangan boʻlib, besh yillik muddatga moʻljallangan.
Bu orqali 8−11-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston iqtisodiyotida malakali ishchi yoki tadbirkor sifatida ishlash uchun zarur ko‘nikmalarni beradi va yoshlar bandligini oshiradi.
“Biz qizlar va imkoniyati cheklangan yoshlarni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bilamizki, ayollarning va imkoniyati cheklangan yoshlarning bandligi juda kam ifodalanganligi sababli ular O‘zbekistonda foydalanilmagan resurs bo‘lib qolmoqda”, — dedi “USAID"ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikayela Meredit.
Agentlik amaliyotga e’tibor qaratgan holda biznes va iqtisod bo‘yicha o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi.
Dastur xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari va mahalliy va xalqaro sheriklar konsortsiumi tomonidan amalga oshiriladi.