Avvalroq “Spot” “Alibaba.com” platformasida O‘zbekiston milliy pavilyoni ishga tushirilgani haqida xabar bergandi.
Ayni vaqtda 4800 dan ortiq turdagi tovarlarga 190 ta mamlakatdan buyurtma berish mumkin.
Natijada O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan keyin elektron tijorat saytida milliy blimga ega bo‘lgan uchinchi MDH davlati bo‘ldi.
Hozirda 3 ta asosiy tarmoq — to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatining 100 dan ortiq eng sifatli va ommabop mahsulotlari bor.
Eksportni rag‘batlantirish agentligi o‘z mahsulotlarini platformada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 70 ta mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga 4,6 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
Korxonalar orasida yangi uzilgan va quritilgan meva va sabzavotlar, tayyor to‘qimachilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar bor.
Bugungi kunga qadar ular $67,1 mln.lik mahsulot eksport qilishga muvaffaq bo‘ldilar.
Yil oxiriga qadar pavilyonda elektrotexnika, mebel va aksessuarlar, charm-poyabzal mahsulotlari, sport anjomlari, bolalar o‘yinchoqlari bo‘yicha yangi tarmoqlar sahifalari ochilishi rejalashtirilgan.
Natijada eksportga yo‘naltirilgan tovar pozitsiyalari soni 300 taga yetkaziladi.