28-sentabrdan “Andijon-Xiva-Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, 29-sentabrdan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon-Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urgench bekatigacha uzaytirildi.
Yo‘lovchi poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
651/652-sonli “Andijon-Xiva-Andijon” yo‘lovchi poyezdi 28-sentabrdan boshlab Andijondan, 29-sentabrdan boshlab Xivadan jo‘naydi.
391/392-sonli “Andijon-Urganch-Andijon” yo‘lovchi poyezdi harakati 29-sentabrdan Andijondan va 30-sentabrdan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Avvalroq 2024-yilda Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.