PMTI ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoatidagi kichik korxonalarning faoliyatiga elektr energiyasi ta’minotining ta’siri baholandi.
Unga ko‘ra, elektr energiyasini iste’mol qilishning biroz o‘sishi:
- to‘qimachilik mahsulotlari — 1,14−1,42%ga;
- oziq-ovqat mahsulotlari — 1,42−1,49%ga;
- qurilish materiallari — 0,95−1,16%ga;
- elektrotexnika mahsulotlari — 1,37−1,51%ga o‘sishiga olib keladi.
2023-yilda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda bandlikning oshishi qishloq xo‘jaligida — 861 ta, savdoda — 71 ta, elektroenergetikada — 41 ta va boshqa sohalarda ma’lum darajada ko‘payishiga olib keladi.
Yuqoridagi hisob-kitoblar makroiqtisodiy darajada 50 ta kichik biznes subyekti ishtirokida o‘tkazilgan tezkor so‘rov natijalari bilan ham tasdiqlandi.
Umuman olganda, energiya ta’minoti barqarorligining yaxshilanishi bilan korxonalarning 64% ishlab chiqarish hajmini 10%dan 20%gacha oshirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.
Qo‘shimcha elektr-energiya hajmlari ta’minlanganda esa korxonalar umumiy sonining 72%i ishlab chiqarish hajmini kamida 20%ga oshirishga tayyorligini bildirdi.