Avgust oyi uchun 787 937 nafar isteʼmolchiga 80,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Iyul oyi esa 829 753 nafar iste’molchiga 70,7 mlrd so‘m keshbek to‘langandi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida — yanvar-iyul oylari uchun yana 2,7 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.
Umumiy hisobda. yil boshidan buyon 1 168 591 nafar fuqaroga 421,3 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.
Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi
Davlat soliq qo‘mitasi qanday cheklarga keshbek qaytarilmasligi haqida ma’lumot bergan edi.
Quyidagi hollarda keshbek hisoblanmaydi:
- agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
- sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo‘lsa.
Avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalari, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun ham keshbek qaytarilmaydi.
Shu bilan birga shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganda ham keshbek taqdim etilmaydi.
QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega boʻlish yoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.