Janubiy Koreyaning “BNK Kyongnam bank"i delegatsiyasi Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy bank rahbariyati mehmonlarni mamlakat bank tizimining joriy holati bilan tanishtirdi.
Koreya banki rahbari Choy Xong Yong va delegatsiyaning boshqa aʼzolari oʻzgarishlarning iqtisodiyotga ijobiy taʼsirini taʼkidladilar.
Mehmonlar, shuningdek, Kyongnam bankining mahalliy bozordagi ishtirokini kengaytirish rejalarini taqdim etdilar.
Bank O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlariga ixtisoslashgan sho‘ba bankini ochish niyatida.
Markaziy bank vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bank ochish tartibi to‘g‘risida tushuntirish berildi.
Ma’lumot uchun: 1970-yilda tashkil topgan “BNK Kyongnam Bank” “BNK Financial Group” moliyaviy guruhi tarkibiga kiradi va Koreyadagi eng yirik banklardan biri sanaladi.
“BNK Kyongnam Bank” 2021-yil 11-martda O‘zbekiston Markaziy bankining akkreditatsiyasiga asosan O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda Tojikistonning “Oriyonbank” vakolatxonasi ish boshlashi haaqida yozgandi.