30-oktabrdan “Uzbekistan Airways” Farg‘ona-Dubay-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviaqatnovlar jadvali:

  • Farg‘onadan jo‘nab ketish — 08:40, Dubayga yetib borish — 11:30;
  • Dubaydan jo‘nab ketish — 13:05, Farg‘onaga yetib borish — 17:40.

Farg‘ona-Dubay yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2 217 926 so‘mdan, Farg‘ona-Dubay-Farg‘ona yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 641 757 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.


“Spot” avvalroq “China Southern Airlines” O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Birinchi yo‘lovchi reysi 14-oktabrga belgilangan bo‘lib, parvozlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.