Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 2022-yilning 8 oylik sarhisobi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, jamg‘arma 8 oy mobaynida jami 4 110 ta loyihalarga qariyb 1 trln 340 mlrd so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha majburiyat olgan.
Jumladan, kafillik bo‘yicha 1069 ta loyihalarga — 926 mlrd so‘m, kompensatsiya bo‘yicha 3 041 ta loyihalarga — 472 mlrd so‘m va tadbirkorlar tomonidan jami 33 211 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Sohalar kesimida oladigan bo‘lsak, 2022 -yil 1-sentabr holatiga:
Sohalar | Loyihalar soni | Ko‘rsatilgan moliyaviy yordam | Yaratiladigan yangi ish o‘rni |
Qishloq xo‘jaligi sohasi | 27 461 ta | 7,5 trln so‘mdan ortiq | 152 813 ta |
Sanoat sohasi | 5 672 ta | 2,7 trln so‘mdan ortiq | 89 749 ta |
Xizmat ko‘rsatish sohasi | 8 116 ta | 2,9 trln so‘mdan ortiq | 63 439 ta |
Boshqa sohalar | 6 710 ta | 3 trln so‘mdan ortiq | 70 008 ta |
Shuningdek, jamg‘armaning 2023−2026 yillar davomida kompensatsiya majburiyatlari yiliga o‘rtacha 1,3 barobar o‘sishi prognoz qilingan.
Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlari loyihalariga kompensatsiya va kafillik tijorat banklarining faqat milliy valyutadagi kredit (lizing)lari uchun beriladi.
Shu bilan birga, kompensatsiya yordami 5 mlrd so‘mdan va foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Kafillik yordami tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning 50% gacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.
Avvalroq “Spot” tadbirkorlar O‘zbekistonda biznes muhitini ijobiy baholayotgani haqida yozgandi.