“Forbes” jurnali AQShning 400 ta eng boy biznesmenlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Ilon Mask birinchi marta “Forbes USA” reytingida roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi.

Maskning boyligi ro‘yxatga kiritilgan vaqtda $251 mlrd.ga baholangan. Bu o‘tgan yilgidan ($190,5 mlrd) $60,5 mlrd.ga (32%) ko‘pdir.

Ilon Mask to‘rt yil davomida ro‘yxat yetakchisi bo‘lgan “Amazon” asoschisi Jeff Bezosni birinchi o‘rindan olib tashladi. Endi tadbirkor eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

“Forbes USA” uning boyligini $151 mlrd.ga baholagan, bu o‘tgan yilgi reytingni tuzish paytidagidan ($201 mlrd) $50 mlrd (25%ga) kamdir.

Bezosning boyligi “Amazon” aksiyalari qiymatining 20%dan ko‘proqqa tushib ketgani tufayli kamaydi, deya tushuntirish berdi “Forbes”.

Amerikaning eng boy 10 taligidagi qolgan o‘rinlar ham erkaklarga nasib etdi.

“Microsoft” asoschisi Bill Geytsning boyligi $106 mlrd.ga, “Oracle” asoschisi Larri Ellisonning boyligi $101 mlrd.ga baholangan. Kuchli beshlikni Uorren Baffet $97 mlrd bilan yakunladi.

Shuningdek, kuchli 10 talikka “Google” asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin, “Microsoft” sobiq bosh direktori Stiv Ballmer, biznesmen Maykl Blumberg va “Walmart” hammuassisi Jim Uolton kirdi.

O‘rni
Eng boy 10 ta biznesmen
Kompaniyasi
Boyligi
1
Ilon Mask
“Tesla”, “SpaceX”
$251 mlrd
2
Jeff Bezos
“Amazon”
$151 mlrd
3
Bill Geyts
“Microsoft”
$106 mlrd
4
Larri Ellison
“Oracle”
$101 mlrd
5
Uorren Baffet
“Berkshire Hathaway”
$97 mlrd
6
Larri Peyj
“Google”
$93 mlrd
7
Sergey Brin
“Google”
$89 mlrd
8
Stiv Ballmer
“Microsoft”
$83 mlrd
9
Maykl Blumberg
“Bloomberg LP”
$76,8 mlrd
10
Jim Uolton
“Walmart”
$57,9 mlrd


“Meta” (Facebook) kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerberg $57,7 mlrd bilan 11-pog‘onani egalladi. Keyingi o‘rinlarda “Walmart” kompaniyasining yana bir vakilli Rob Uolton ($56,7 mlrd) bor.

“Koch Industries” xususiy kompaniyasi egasi Devid Koxning bevasi $56 mlrd bilan AQShning eng boy ayoli deb topildi.

Undan keyin ro‘yxatda “Walmart"ning yana bir aksiyadori Elis Uolton (55,7 milliard dollar) turibdi. 15-o‘rinni “Dell” kompaniyasi asoschisi Maykl Dell $50 mlrd boylik bilan egalladi.

“Nike” brendi rahbari Fil Nayt $41,5 mlrd, Jeff Bezosning sobiq xotini Makkenzi Skott $37,7 mlrd bilan mos ravishda keyingi o‘rinlarni egalladi.

“Mars” kompaniyasi asoschisi Forrest Marsning o‘gli Jon va qizi Jaklin Marslar $37 mlrd boylik bilan TOP-20 boylar ro‘yxatini yakunladi.

“Forbes USA” eng boy 20 amerikalikning umumiy boyligini $1,6 trln.ga baholadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan $235 mlrd kam.

Umuman olganda, AQShdagi 400 ta eng badavlat tadbirkorning boyligi $500 mlrd.ga kamaydi.