“AllTrip” onlayn chipta xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yozida oʻzbekistonliklar ko‘proq mamlakat boʻylab sayohat qilgan — sotilgan chiptalar umumiy sonining 49,83%i.
Ular ichki yo‘nalishlardan so‘ng Turkiya (16,26%) va Rossiyani (9,96%) afzal ko‘rgan.
Keyin o’rinlarni Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Qozog‘iston egallagan.
Yo‘lovchilarning 1,52%i Germaniyaga, 1,21%i AQShga, 1,15%i esa Ozarbayjonga tashrif buyurgan. Belarusiya va Hindistonga uchganlar soni esa 1,07%ni tashkil qildi.
Shuningdek, mamlakat fuqarolari Tojikistonga (0,93%) ham parvozlarni amalga oshirgan.
Qaysi aviakompaniyalar afzal ko‘rildi
Yo‘lovchilar eng ko‘p “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasini tanladilar, bu sotilgan umumiy chiptalarning 83,99%ini tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda “Turkish Airlines” (11,71%), “Aeroflot” (1,33%) aviakompaniyalari tanlangan.
Shu bilan birga, o‘tgan yozda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining o‘rtacha chipta narxi 2,2 mln so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, “Turkish Airlines"da 9,3 mln so‘m, “Aeroflot"da esa 6,8 mln so‘m.