O‘zbekiston va Malayziya savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Memorandum O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasida imzolandi.

Unga ko‘ra, ikki tashkilot rahbarlarining O‘zbekiston va Malayziyaga amaliy safarlarini uyushtiriladi.

Malayziya hududida o‘zbek milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi va biznes-forumi o‘tkaziladi.

Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillarining har ikki mamlakat hududida bo‘lib o‘tadigan turli tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi prezidenti So Tyan Lai O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni eʼtirof etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jahongir Mamajonov ushbu memorandum ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini aytdi.