Oʻzbekiston elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida 18 pogʻonaga koʻtarilib, dunyoda 69-oʻringa chiqdi.

BMTning elektron hukumatlar rivojlanish indeksi reytingi 193 davlat orasida oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun 2020-yilgi hisobotda Oʻzbekiston 87-oʻrinni egallagan edi.

Mazkur tadqiqot BMTning Elektron Hukumat Rivojlanish Indeksi boʻyicha mamlakatlarning yigirma yillik boʻylama tadqiqotlari reytingiga asoslanadi.

Sharhning ushbu nashri global va mintaqaviy kontekstdagi ma’lumotlar tahlilini oʻz ichiga olgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining mahalliy onlayn xizmatlar indeksi asosida mahalliy elektron hukumatning rivojlanishi oʻrganilgan.

Shuningdek, gibrid raqamli jamiyatga qoʻshilish va raqamli hukumatning kelajagi bilan bogʻliq tendentsiyalar va rivojlanishlar umumlashtirilgan.