Yil yakuniga qadar Toshkentga 190 dona “MAN A22 CNG” rusumli yangi avtobuslar keltiriladi. Bu hada poytaxt hokimligi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Bu rusumdagi avtobuslar 30 ta o‘tirish va 60 turish o‘rniga mo‘ljallangan, konditsionerlar bilan jihozlangan, siqilgan tabiiy gazda ishlaydi.

Xabarga ko‘ra, sotib olingan avtobuslar ishlab turganlari qatoriga kiritilib, hozir qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda. Ba’zi yo‘nalishlarda ular kam sig‘imli “ISUZU"larning o‘rnini egallashi mumkin.

Yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona “SAZ LE-60” o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinadi. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.

Yutong rusumidagi 20 dona elektrobusdan iborat parkka joriy yilda yangi elektrobuslar qo‘shilmaydi, ular kelgusi yilda olib kelinadi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston transport infratuzilmasi kengaytirilib, soha raqamlashtirilishi haqida xabar bergandi.