Prezident Shavkat Mirziyoyev transport sohasida islohotlarni jadallashtirish masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda uchta yoʻnalish — temir yoʻl tranziti, aviatsiya, xalqaro tranzit yuklari uchun zamonaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha choralar belgilandi.
Unga koʻra, Strategik islohotlar agentligi tarkibida transport sohasi boʻyicha alohida guruh tuzib, asoslangan takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Temir yoʻl sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirishda katta oʻrin tutishi qayd etilib, bu tizimning quvvatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Xususan, zamonaviy elektr poyezdlar olib kelish, vagonlarni taʼmirlash, nosohaviy aktivlarni chiqarish orqali tizimni moliyaviy sogʻlomlashtiriladi.
Aviatsiya sohasida, jumladan, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlari aeroportlarini rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirib, xizmatlar sifatini yaxshilash kerakligi ta’kidlandi.
Prezident transport infratuzilmasini kengaytirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan koʻplab vazifalarni belgilab berdi.
Avvalroq prezident elektronika sanoati va sohani kengaytirish borasidagi vazifalarni belgilab bergandi.