“Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonun prezident tomonidan imzolandi, xabar beradi Adliya vazirligi.

Qonunga ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Bunda taraflar o‘rtasida shartnoma shartlari elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali amalga

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.

Elektron tijoratda sotuvchilar tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotuvchi kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan iborat.

Sohada to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

  • naqd pul mablag‘lari virtual terminallar (E-POS) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hamda sotuvchi va sotilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;
  • pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish orqali;
  • elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida.

Savdo maydonchalarining operatorlari, to‘lov xizmatlari va tovarlarni yetkazib beruvchi kompaniyalar o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” (muayyan holatlar bajarilgunga qadar mablag‘lar saqlanadigan maxsus bank hisobvarag‘i) xizmatini joriy etishi mumkin.

Ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridor tovarlar olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, u pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.


Avvalroq “Spot” elektron tijorat maʼmurchiligi takomillashtirilishi haqida yozgandi.